locale OZ

Nihoyat: Murodjon Ahmadaliev – Naoya Inoue jangi rasman e'lon qilindi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz

Ikkinchi eng engil vazn toifasidagi WBA Interim kamarimiz sohibi Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangi sanasi va raqibini rasmiy e'lon qildi. 30 yoshli charm qo‘lqop ustasi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan prof boks kechasining markaziy jangini o‘tkazadi. Unda Ahmadaliev ushbu vazndagi mutlaq chempion — yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga ko‘tariladi.

Bellashuv absolut chempionlik kamarlari uchun kechadi.

«Keyingi manzil — Tokio, Yaponiya», — deb izoh qoldirgan Ahmadaliev ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida jang afishasini ham joyladi.

Ma'lumot uchun, Namanganda tug‘ilgan Murodjon Ahmadaliev professional ringda 15 marta jang qilib, 14 g‘alaba (8 nokaut) va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Uning raqibi — 32 yoshli Naoya Inoue hozirgacha 30 jangda ishtirok etib, barchasida zafar quchgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting