locale OZ

Nega yigitlarimiz Jahon kubogiga bormadi?

Boks federatsiyasi Ostonadagi musobaqada erkaklar termasi nega qatnashmaganini izohladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Ostona shahrida World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan Jahon kubogi qizg‘in pallaga kirdi. Lekin musobaqada faqat O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etmoqda. Erkaklar terma jamoasi esa bahslarda ko‘rinmadi.

Bu borada O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev quyidagicha izoh berdi:
— Yigitlarimiz yaqinda juda ko‘p jang o‘tkazishdi. Ular uchun tiklanish va jarohatlardan saqlanish uchun vaqt kerak. Musobaqada munosib ishtirok etish uchun sportchilarni yaxshi formaga keltirish talab etiladi. Lekin oldimizdagi eng muhim start — Liverpulda bo‘ladigan Jahon chempionati. Agar hozir formaga kirsalar, keyin yana tiklanish muammoli bo‘ladi. Shu sababli murabbiylar shtabi bilan kelishilgan holda asosiy e’tiborni Liverpuldagi chempionatga qaratdik, — dedi Tillaboyev.

Ma’lumot uchun, World Boxing Jahon chempionati 4–14 sentabr kunlari Liverpulda bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting