Naoya Inoue vazn toifasini o'zgartirish ehtimoli haqida gapirdi
Ikkinchi engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan yaponiyalik bokschi Naoya Inoue kelajakda vazn kategoriyasidagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
«Yarim engil vazn (57,1 kg) – men uchun eng yuqori chegara. Undan yuqori toifalarga o'tish niyatim yo'q. Agar bo'yim 170 sm bo'lganida, bu boshqa masala bo'lardi. Ammo jismoniy imkoniyatlarim cheklangan. Hattoki ikkinchi engil vaznda ham menga mushak massasini to'plash, jismoniy holatimni yaxshilash oson kechmadi», — dedi Inoue.
«Men hali yarim engil vaznda ham jang o'tkazmaganman, shunday ekan, undan yuqori divizionlar haqida o'ylashga hali erta», — deb qo'shimcha qildi chempion.
Eslatib o'tamiz, may oyi boshida Naoya Inoue amerikalik Ramon Kardenasni 8-raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgandi. Endi u 14 sentyabr kuni Tokioda o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang o'tkazadi.