locale OZ

Naoya Inoue – Murodjon Ahmadaliyev jangining chiptalari rekord narxlarda sotilmoqda

Nagoyadagi katta boks shousi uchun chiptalar narxi rasmiy bahosidan 13 marta qimmatga chiqdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida jahon boksi uchun katta ahamiyatga ega professional turnir bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy jangida birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev to‘qnash keladi.

Jangga qiziqish shu darajada yuqoriki, chiptalarga talab keskin oshdi va ularning narxi norasmiy bozorida bir necha barobarga ko‘tarildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim chiptalar rasmiy bahosidan 13 marta qimmatga sotilmoqda.

Turnir tashkilotchisi, yaponiyalik promouter Hideyuki Ohashi bu vaziyatdan norozi bo‘lib, chayqovchilarga qarshi huquqiy choralar ko‘rish niyatida. Afsuski, chiptalar norasmiy saytlarda bir necha barobar qimmat narxlarda taklif qilinmoqda. Hozir biz yuristlar bilan ehtimoliy harakatlarni muhokama qilyapmiz, — dedi u Yokohamada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, narxi 10 000 yena (68,11 AQSh dollari) bo‘lgan chiptalar qora bozorda 130 000 yena (885,41 dollar)dan, qiymati 77 000 yena (524,44 dollar)lik chiptalar esa 320 000 yena (2179,47 dollar)ga sotilayotgani aniqlandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting