locale OZ

Naoya Inoue faoliyatidagi 33-g'alabasini qoʻlga kiritdi

Yaponiyalik «Monster» hali ham magʻlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Naoya Inoue faoliyatidagi 33-g'alabasini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Ikkinchi yengil vazn toifasida (55,3 kg) mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik afsonaviy bokschi Naoya Inoue 2 may, shanba kuni professional faoliyatidagi navbatdagi g‘alabasini tantana qildi. Bu «Monster» uchun ringdagi 33-g‘alaba bo‘ldi.

Ushbu bahsda Inouega o‘zining 28 yoshli hamyurti, mazkur vazn toifasida ikkinchi jangini o‘tkazayotgan Junto Nakatani raqiblik qildi. Keskin kurashlar ostida kechgan to‘liq 12 raundlik jang yakunida hakamlar bir ovozdan amaldagi chempionning g‘alabasini qayd etishdi:

116-112

115-113

116-112

Naoya Inoue professional ringdagi debyutini 2012 yil 2 oktyabrda o‘tkazgan bo‘lib, o‘shanda filippinlik Krison Omayoni to‘rtinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. O‘sha kundan buyon o‘tgan 14 yilga yaqin vaqt ichida yapon boksi yulduzi o‘tkazilgan barcha 33 ta jangda zafar quchib, hali ham mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Ushbu g‘alaba Inouening o‘z vazn toifasida mutlaq hukmronligini va jahonning eng yaxshi bokschilaridan biri (P4P) sifatidagi mavqeyini yana bir bor mustahkamladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting