locale OZ

Namanganda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» boks musobaqasi o‘tkazilmoqda

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» boks musobaqasi o‘tkazilmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining boks turi bo‘yicha hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Ushbu bosqichda viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilgan saralash bellashuvlarida g‘olib bo‘lgan, 15–17 yoshli iqtidorli va istiqbolli o‘g‘il bolalar hamda qizlar 13 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashmoqda. Har bir jang nafaqat texnik mahorat, balki qat’iyat, iroda va sportchilik madaniyatining yorqin namunasi bo‘lib bormoqda.

Mazkur bellashuvlar orqali eng kuchli bokschilar saralanib, ular keyingi bosqich — Respublika musobaqalarida Namangan viloyati sharafini munosib himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting