locale OZ

Murodjon Axmadaliyev: \"Nihoyat Inoue bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim\"

O'zbek bokschisi yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang haqida fikr bildirdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Murodjon Axmadaliyev: "Nihoyat Inoue bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim"
Photo: gettyimages

Ikkinchi yengil vazn toifasida (55,3 kg gacha) sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Murodjon Axmadaliyev 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang haqida fikr bildirdi.

«Nihoyat Inoue bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu darajaga yetib kelish uchun juda ko‘p mehnat qildim va jang kechasida o‘zimni eng yaxshi tomondan namoyish etaman. Faoliyatimdagi eng yuqori sport formasiga chiqaman, deb his qilyapman.

Men har qanday raqibni «hayratga solishga» qodirman, o‘z kuchimga ishonaman va uni amalda ko‘rsata olaman. Inoue ham bundan mustasno emas. Mening vazifam — uni mag‘lub etish va buning uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Menda eng yuqori darajada kurashish uchun barcha imkoniyatlar bor.

Men butun dunyoga eng kuchli bokschi ekanimni isbotlayman. U universal va barcha mahoratlarga ega, ammo men haqimda ham shuni aytish mumkin. Ring hammasini ko‘rsatadi. Ring hech qachon yolg‘on so‘zlamaydi», — dedi sportchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting