locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangiga Inouening bo'lajak raqibi bilan tayyorgarlik ko'rmoqda

Boks 31 mar 2025 da 10:53
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangiga Inouening bo'lajak raqibi bilan tayyorgarlik ko'rmoqda
FOTO: WBA

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim kamari sohibi, o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz 5-may kuni AQSh'ning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi. Unga kim raqiblik qilishi hozircha noma'lum.

Musobaqaning markaziy jangi ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va AQSh vakili Ramon Kardenas o'rtasida kechadi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, Ahmadaliyev jang uchun tayyorgarlikni aynan Kardenas bilan birgalikda olib bormoqda.

Agarda Inoue va Ahmadaliyev o'z janglarida g'alaba qozonsa, ular sentyabr oyida o'zaro to'qnash kelishadi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting