Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarshi jang uchun Yaponiyaga yo‘l oldi
O‘zbek bokschisi AQShdagi tayyorgarlik bosqichini yakunladi
Rasm: Instagram
Professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempionlik kamari uchun kechadigan jang oldidan AQShdagi mashg‘ulotlarni yakunladi va Yaponiyaga yo‘l oldi.
14 sentabr kuni Nagoya shahrida u ikkinchi eng engil vazn toifasidagi mutlaq chempion, mahalliy bokschi Naoya Inouega qarshi ringga ko‘tariladi.
Ahmadaliyev hamkorlik qilayotgan “Mir Boksa” menejerlik kompaniyasi xabariga ko‘ra, qolgan tayyorgarlik jarayonlari — iqlimga moslashish, vazn tashlash va so‘nggi engil mashg‘ulotlar Yaponiyada o‘tkaziladi.
Bakradze Iman
Redaktor