Murodjon Ahmadaliyev Meksikadagi jangini muddatidan oldin yakunladi
Rasm: gettyimages.com
Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida O‘zbekiston vakili Murodjon Ahmadaliyev mezbon sportchi Luis Kastiloga qarshi ringga ko‘tarildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang 8-raundda texnik nokaut bilan yakun topdi. Ahmadaliyev ketma-ket zarbalar seriyasi bilan raqibini muvozanatdan chiqarib, hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Jang davomida Murodjon raqibini bir necha bor nokdaun holatiga tushirgani qayd etildi.
Endi Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi jahonning mutlaq chempioni — yaponiyalik Naoya Inoue bo‘ladi. Ushbu intiqlik bilan kutilayotgan jang sentyabr oyiga rejalashtirilgan.
Bakradze Iman
Redaktor