locale OZ

Murodjon Ahmadaliyev jangdan 10 kun oldingi tayyorgarligidan lavhalar bilan bo‘lishdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Murodjon Ahmadaliyev jangdan 10 kun oldingi tayyorgarligidan lavhalar bilan bo‘lishdi
Rasm: Olamsport.uz

Ikkinchi yengil vazn toifasida WBA Interim kamar sohibi, o‘zbekistondik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jang oldidan so‘nggi mashg‘ulotlarini olib bormoqda. U ayni paytda AQShning Kaliforniya shtatidagi Indio shahrida, mashhur aka-uka Diaslar qo‘l ostida intensiv tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ahmadaliyevning navbatdagi jangi 31-may kuni, Toshkent vaqti bilan tongda, Meksikaning Gvadalaxara shahrida tashkil etiladigan Matchroom promousheni boks kechasida bo‘lib o‘tadi. U ringda mezbon bokschi — Luis Castillo ga qarshi to‘qnash keladi.

Murodjon o‘zining so‘nggi mashg‘ulotlaridan fotosuratlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishib, jangga to‘liq tayyorgarlik ko‘rayotganini namoyon etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting