locale OZ

Murodjon Ahmadaliyev: Bu hayotimdagi eng katta imkoniyat

O‘zbekistonlik chempion 14 sentabr kuni Naoya Inoue’ga qarshi jangda o‘zini sinovdan o‘tkazadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA vaqtinchalik chempioni hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev bo‘lajak jang oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bu jangga ikki yil tayyorlandik. Shuncha gap-so‘zlar, qarama-qarshiliklar, intirigalar bo‘ldi. Mana — men endi shu yerdaman. Bu hayotimdagi eng katta imkoniyat. Boksda ‘monstr’ degani yo‘q. Men Inoue’ni ‘monstr’ deb hisoblamayman. Hammamiz insonmiz, jangchilarmiz. Taxalluslarni hurmat qilaman, lekin rostini aytsam, ‘MJ’ ko‘proq his uyg‘otadi. Kim aslida kim ekanligini ring ko‘rsatadi. Kim haqiqiy o‘zbek kuchi bilan kelganini ham ring ko‘rsatadi”, — dedi Ahmadaliyev.

Namanganda tug‘ilgan Murodjon Ahmadaliyev 14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida ikkinchi eng engil vazn toifasidagi mutlaq chempion, yaponiyalik Naoya Inoue’ga qarshi ringga chiqadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting