Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisida chorak finalga chiqdi
O'zbek bokschisi argentinalik raqibiga qarshi navbatdagi jangini o'tkazadi
Rasm: Olamsport.uz
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tayotgan WBC Gran-prisi turniri qizg'in pallaga kirib bormoqda. Unda yurtdoshimizning yetakchi bokschilaridan biri Mujibillo Tursunov bugun chorak finalda ringga chiqadi. Uning raqibi — argentinalik Alan Ezikel Dutra.
Eslatib o'tamiz, aprel oyidagi ilk bosqichda Tursunov bilan birga Ayubxon Baxtiyorov va Lazizbek Mullojonov ham g'alaba qozongan edilar. Tursunov professional ringda 6 ta jang o'tkazgan va barchasida zafar quchgan. Uning bugungi raqibi Dutraning hisobida 15 ta g'alaba mavjud.
Ma'lumot o'rnida, Ayubxon Baxtiyorov va Lazizbek Mullojonov o'z janglarini ertaga, 21 iyun kuni o'tkazishadi.