locale OZ

Muhammadjon Yoqubboev Bangkokdagi turnirda chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik bokschi eronlik raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Kecha, 1 avgust kuni Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir doirasida o‘tkazilgan bahsda o‘zbekistonlik Muhammadjon Yoqubboev (-75 kg) chorak finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Yurtoshimiz Eron vakili Amirmahdi Sabzini mutlaq ustunlik bilan — 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Jangda Yoqubboev raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

G‘alabadan so‘ng, bokschimizni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, Bosh kotib Shohid Tillaboev va milliy terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev tabriklashdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting