locale OZ

Mirzaxalilovda chempionlik kamari, Аsadullaev va Mamasolievda navbatdagi gʼalabalar

Rossiyaning Naberejne Chelni shahrida IBA.Pro 20 professional boks kechasi boʼlib oʼtdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirzaxalilovda chempionlik kamari, Аsadullaev va Mamasolievda navbatdagi gʼalabalar
photo: boks Uzbekistan

Mirzaxalilovda chempionlik kamari, Аsadullaev va Mamasolievda navbatdagi gʼalabalar!

Rossiyaning Naberejne Chelni shahrida IBA.Pro 20 professional boks kechasi boʼlib oʼtdi. Unda xabar berganimizdek, 3 nafar vakilimiz ringga koʼtarilib, barchasi gʼalaba qozondi.

Birinchi ogʼir vazn — 90,7 kg toifasida Halimjon Mamasoliev (8-0, 7 KO) rossiyalik tajribali bokschi German Skobenko bilan 10 raundlik jang oʼtkazdi. Jang yakunida hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga koʼra, vakilimiz gʼalabaga erishdi.

55,3 kg vazn toifasida esa Mirazizbek Mirzaxalilov (5-0, 4 KO) IBF European chempionlik kamari uchun mezbonlar vakili Chingiz Natirov (10-0, 5 KO)ga qarshi ringga chiqdi. 4 raunddan soʼng rossiyalik bokschi jangni davom ettira olmadi va Mirzaxalilov texnik nokaut bilan gʼalaba qozonish barobarida chempionlik kamariga ham ega chiqdi!

Shuningdek, yarim oʼrta vazn — 66,7 kgda Havasbek Аsadullaev (8-0, 5 KO) rossiyalik Sergey Lubkovich (20-0-2, 12 KO)ga qarshi 10 raundlik bahsda ishtirok etib, muhim gʼalabani qoʼlga kiritdi.

Shu tariqa, uch nafar vakilimizning barchasi IBA.Pro 20 kechasini gʼalaba bilan yakunlab, professional ringdagi muvaffaqiyatli odimlarini davom ettirishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting