locale OZ

Meyvezer yozda yana ringga qaytishi mumkin

Afsonaviy bokschi hozirda 48 yoshda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Meyvezer yozda yana ringga qaytishi mumkin
FOTO: Getty Images

Kikboksing olamining tirik afsonasi, gretsiyalik Mayk Zambidis o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida boks muxlislarini hayratda qoldiruvchi poster e’lon qildi. Ushbu suratga ko‘ra, «Temir Mayk» (Zambidis) boks bo‘yicha besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazadi.

E’londa qayd etilishicha, ushbu shov-shuvli to‘qnashuv joriy yilning 27 iyun kuni Afina shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozircha Floyd Meyvezer jamoasi ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q.

Avvalroq boks olamida yanada yirikroq mish-mishlar tarqalgan edi. Xabarlarga ko‘ra, 59 yoshli afsona Mayk Tayson 2026 yilning mart oyida Afrika qit’asida Meyvezer bilan ringga chiqishni rejalashtirgan. Biroq, mart oyi yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, ushbu «superjang» bo‘yicha hali birorta rasmiy tasdiq yoki shartnoma haqida ma’lumot berilmadi.

Maʼlumot uchun, 48 yoshni qarshilagan Floyd Meyvezer professional boksda magʻlubiyatsiz natija qayd etgan. Uning faoliyati raqamlarda quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Janglar soni: 50 ta;
  • G‘alabalar: 50 ta (0 mag‘lubiyat);
  • Nokautlar: 27 ta.
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting