Menejer: Jalolov har qanday raqibga tayyor
Alik Frolov chempionning professional ringdagi istiqboli haqida gapirdi
Rasm: Olympic.uz
Bahodir Jalolovning menejerlaridan biri Alik Frolov “Viktor Yalimov boks studiyasi” YouTube kanalida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Jalolov hozirgi kunda professional boksda har qanday raqibni yengishga qodir. Biz uning havaskor boksdagi yutuqlarini yaxshi bilamiz, endi shu darajani professional ringda ham namoyish etishi kerak. Unda buning uchun barcha sifatlar mavjud: ikki qo‘li bilan kuchli zarba beradi, bo‘yi 2,01 metr, tabiiy superog‘ir vaznli — tez, “portlovchi” va harakatchan. Hozir u to‘liq professionallikka aylanish uchun zarur jihatlar ustida ishlayapti”, — dedi Frolov.
Bakradze Iman
Redaktor