locale OZ

MDH o‘yinlarida bokschi qizlarimiz 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonda MDH davlatlari o‘yinlari davom etmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MDH o‘yinlarida bokschi qizlarimiz 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Фото: Boxing Uzbekistan

O‘zbekistonlik bokschi qizlar MDH turnirida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi.

-50 kg vazn toifasidagi finalda, Nazokat Mardonova mezbon Amina Tagini 4:1 hisobida mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

-52 kg vaznda Sabina Mirzayeva ham chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bokschimiz rossiyalik Maria Lebedevani 5:0 hisobida yengdi.

-54 kg vaznda, Qumriniso Muhammadova ham g‘alaba qozondi.
Vakilamiz yana bir mezbon Jamila Muradildan 5:0 hisobida ustun keldi.

-57 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan finalda, Farzuna Ro‘ziyeva rossiyalik Sofia Pantelevani 3:2 hisobida mag‘lub etib, MDH o‘yinlari chempioniga aylandi.

Rushonabonu Isoyeva qizlarimizning bahslariga yakun yasadi.
U finalda -63 kg vaznda rossiyalik Fidan Bakarovaga hech qanday imkon qoldirmadi. 5:0.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting