locale OZ

Mayk Tayson dekabr oyida MMA afsonasi bilan jang qilishi mumkin

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mayk Tayson dekabr oyida MMA afsonasi bilan jang qilishi mumkin
FOTO: Getty Images

Qozog'istonning Alash Pride League prezidenti Alimjon Bektayev superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson va Pride FC'ning sobiq chempioni Fyodor Emelyanko o'rtasida jang tashkil qilish ustida ish olib borayotgani ma'lum qildi.

“Biz Mayk Tayson va Fyodor Emelyanko o'rtasida jang bo'lishini istardik. Bu borada ish olib borilmoqda. Bu jang dekabr oyida bo'lib o'tishi mumkin”, - deydi Bektayev.

Eslatib o'tamiz, Mayk Tayson o'zining so'nggi janggini 2024-yilning noyabr oyida Jeyk Polga qarshi o'tkazgan. 8 raund davom etgan jangda Polning qo'li baland kelgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting