Manny Pacquiao ringga qaytmoqda: iyulda WBC kamar uchun Mario Barriosga qarshi jang o‘tkazadi
Manny Pacquiao ringga qaytmoqda: iyulda WBC kamar uchun Mario Barriosga qarshi jang o‘tkazadi
Afsanaviy filippinlik bokschi Manny Pacquiao yana ringga qaytishini ma’lum qildi. 46 yoshli sobiq jahon chempioni WBC versiyasi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun amerikalik Mario Barriosga qarshi jang qiladi.
Bu haqda Jahon boks kengashi (WBC) prezidenti Mauricio Suleyman ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, Barrios jangga tayyorgarlikni boshlab bo‘lgan, jang esa iyul oyida bo‘lib o‘tadi.
Pacquiao oxirgi rasmiy jangini 2021 yil avgust oyida o‘tkazgan edi — u kubalik Yordenis Ugasga hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazgan. Umumiy faoliyati davomida filippinlik chempion 72 marta ringga chiqib, 62 g‘alabaga (shundan 39 ta nokaut) erishgan, 8 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 jangni durang bilan yakunlagan.
Bakradze Iman
Redaktor