locale OZ

Maftuna Musurmonova Osiyo chempionatida O'zbekistonga ilk g'alabani taqdim etdi

Muslima Turg'unova tortishuvli jangda mag'lub bo'ldi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Xabar berganimizdek, joriy yilning 1–11 avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Musobaqa World Boxing tashkiloti hamkorligida o'tkazilmoqda.

Musobaqadagi ilk jangni hamyurtimiz Maftuna Musurmonova boshlab berdi va u o'ziga bo'lgan ishonchni to'liq oqladi!

Ilk g'alaba!
-48 kg vazn toifasida Maftuna Musurmonova Saudiya Arabistoni vakili Alanood Alg'hamdini jonli va ustun jangda 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Afsuski, kurashda mag'lubiyat…
-54 kg vazn toifasidagi jangda Muslima Turg'unova kuchli raqibga qarshi bahs olib bordi. Jang hakamlar qaroriga ko'ra 2:3 hisobida qozog'istonlik Janel Imantaevaga imkoniyatni boy berdi.

Musobaqa qizg'in davom etmoqda, boshqa bokschilarimiz ham ringga chiqish arafasida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting