Liverpul-2025. O‘zbekistonlik 5 nafar bokschi chorak finalga yo‘l oldi
Angliyaning Liverpul shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kun dasturidan o‘rin olgan kunduzi janglar bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgacha 3 nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazishdi.
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Anna Lakotar (Vengriya) - 5:0
Bugungi g‘alabani boshlab bergan jang: -54 kg vaznda Nigina O‘ktamova vengriyalik Anna Lakotarni 5:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Endi u, 10-sentyabr kuni yarim final uchun ringga ko‘tariladi.
-70 kg: Shavkatjon Boltaev - Bernad Martinez (Ispaniya) - 3:0
Shavkatjon Boltaev ham chorak finalda. Bokschimiz qiyin kechgan bahsda, ispaniyalik Bernad Martinezni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
-90 kg: To‘rabek Habibullaev - Vagkan Nanitzanian (Gretsiya) - 5:0
Bokschimiz -90 kg vaznda Gretsiya vakili Vagkan Nanitzanianni hech qanday qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bahs chorak finalda qozoqlik Sagindik Tog‘ambayga qarshi bo‘lib o‘tadi.
-65 kg: Navbahor Hamidova - Oshin Derieu (Belarus) - 4:1
Navbahor Hamidova -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, belaruslik Oshin Derieuvdan 4:1 hisobida ustun keldi.
-60 kg: Abdumalik Khalokov - Juzeppe Kanoniko - 5:0
Abdumalik Khalokov -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, italiyalik Juzeppe Kanonikoni yengil mag‘lub etdi. Chempion o‘z uslubida davom etmoqda.