Liverpul-2025. O‘zbekistonlik 2 nafar bokschi chorak finalga yo‘l oldi
Фото: Boxing Uzbekistan
Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kun dasturidan o‘rin olgan kunduzgi janglar bo‘lib o‘tdi.
Turnir davomida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ham keyingi bosqich masalasini hal qildi.
-75 kg vaznda bo‘lib o‘tgan kunning oltinchi jangida Fazliddin Erkinboev turkiyalik Sultan Osmanlini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, yana bir chorak final yo‘llanmasi naqd qilindi.
Oqshomning o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi 7-jangida esa +90 kg vazn toifasidagi Jahongir Zokirov germaniyalik Nikita Putilovga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibidan ustunligini ko‘rsata oldi.
Shu tariqa, dushanba kungi janglarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 7 nafar bokschi 7 g‘alabaga erishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist