locale OZ

\"Like Cup\" turniri yakunlandi

FC "Nokaut" finalda dramatik penaltilarda mag'lub bo'ldi, Oybek Qilichev esa to'purarlikni qo'lga kiritdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Bloggerlar va sportchilar ishtirokida an'anaviy tarzda tashkil etiladigan "Like Cup" yulduzlar futboli turniri o'z nihoyasiga yetdi. Kecha bo'lib o'tgan finalda bokschilardan tuzilgan FC "Nokaut" jamoasi "Al-Badr"ga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqt 4:4 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Penaltilar seriyasida raqiblar 5:4 hisobida ustun keldi va vakillarimiz bu safar chempionlikni boy berdi. FC "Nokaut" musobaqani vice-chempion sifatida yakunladi.

Turnirning eng yaxshi to'purari sifatida FC "Nokaut" sardori Oybek Qilichev e'tirof etildi.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting