“Like Cup” finali: bokschilarimiz g‘alaba uchun maydonga tushishadi
FC “Nokaut” amaldagi chempionlikni saqlab qolish uchun “Al-Badr” bilan kuch sinashadi
Rasm: boxing.uz
“Like Cup” yulduzlar turnirining uchinchi mavsumi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Ikkinchi bor musobaqada ishtirok etayotgan bokschilarimiz bu safar ham finalga yo‘l olishdi.
Bugun, 22 iyul kuni soat 22:00 da “Jar” maydonida FC “Nokaut” jamoasi “Al-Badr”ga qarshi hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi. Final uchrashuvini “Zoʻr TV” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Yurtoshlarimizni jamoamizga muxlislik qilish uchun “Jar” maydoniga taklif etamiz. Kirish — bepul!
Bakradze Iman
Redaktor