locale OZ

Lazizbek Mullojonovning raqibi va jang sanasi e'lon qilindi — WBC Grand-prisidagi navbatdagi sinov!

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Og'ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonovning WBC Grand-prisi doirasidagi 1/8 final jangidan oldin barcha muhim ma'lumotlar ma'lum bo'ldi. 21 iyun kuni u Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida chorak final yo'llanmasi uchun marokashlik Youness Baalaga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o'tamiz, aprel oyida bo'lib o'tgan dastlabki bosqichda Lazizbek panamalik Marvin Mendosani mag'lub etgan, Baala esa Daniya vakili Morten Givskov ustidan g'alaba qozongandi.

Statistikaga nazar tashlasak:
Lazizbek Mullojonov hozirgacha professional boksda 6 ta jang o'tkazgan va barchasini g'alaba bilan yakunlagan.
Youness Baalaning hisobida esa 3 ta g'alaba bor.

O'zbekistonlik muxlislar uchun yana bir sinov — Mullojonov navbatdagi bosqichga chiqish uchun kurashadi!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting