locale OZ

Lazizbek Mullajonovning doping testi musbat natija berdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lazizbek Mullajonovning doping testi musbat natija berdi
Photo: Getty Images

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Lazizbek Mullajonov doping sinovidan o‘ta olmadi. Bu haqda Xalqaro test agentligi (ITA) xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mullajonovdan 2025 yil 11 iyun kuni olingan namunada metasteron moddasi – sun’iy anabolik steroid aniqlangan.

ITA bayonotida aytilishicha, Lazizbek “B” namunasini ochish huquqiga ega. Agar bu ham musbat natija bersa, u holda sportchi antidoping qoidalarini buzgan deb topiladi. Shuningdek, unga vaziyatni tushuntirib berish imkoniyati beriladi.

Ma’lumot uchun, Lazizbek Mullajonov 2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan, shuningdek, u 2023 yil Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting