locale OZ

Kichik oʻsmirlarimiz Ammandagi Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunlashdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kichik oʻsmirlarimiz Ammandagi Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunlashdi
FОТО: Olympic.uz

Iordaniyaning Amman shahri boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ortda qolgan kun 15 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida final janglari oʻtkazildi.

Yakunda ringga koʻtarilgan 15 nafar bokschimizning 7 tasi gʻalaba qozonib, qitʼa chempionligiga erishdi. Shuningdek, yarim finalgacha yetib borgan 8 nafar vakilimiz bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ushbu natija orqali yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bugun 17 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi final janglari tashkil etiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting