locale OZ

Kamshibek Konkabayev: “Bahodir Jalolovga qarshi yana bir bor ringga chiqishga tayyorman”

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamshibek Konkabayev: “Bahodir Jalolovga qarshi yana bir bor ringga chiqishga tayyorman”
FОТО: Asian Boxing Confederation

2020-yilgi Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindori, ikki karra Jahon chempionatining kumush medali sohibi Kamshibek Konkabayev yana bir bor o'zining azaliy raqibi Bahodir Jalolovga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Sportnews nashri xabar bermoqda.

“Agar jang tashkil qilinsa, Bahodir Jalolovga qarshi yana bir marta ringga chiqishga tayyorman. Albatta, bu qiziq jang bo'ladi. Hozirda professional boksda faoliyatimni davom ettirish yoki yo'qligi haqida o'ylayapman”, - deydi Konkabayev.

Eslatib o'tamiz, avvalroq qozog'istonlik bokschi havaskor boksdagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.

Ma'lumot uchun, Jalolov va Konkabayev havaskor boksda 10 marta to'qnash kelishgan va ularning 7 tasida Bahodirning qo'li baland kelgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting