Joshua Polga qarshi jang oldidan hozirgi jismoniy holatini namoyish qildi (foto)
Ushbu toʻqnashuv 19 dekabr kuni Mayamida boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
Ogʻir vazn toifasida sobiq IBF, WBA, WBO va IBO kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshua kelasi 14-darajali WBA reytingidagi og‘ir vaznli amerikalik Jeyk Pol bilan bo‘ladigan jang oldidan joriy formasini namoyish etdi.
Uchrashuv 19 dekabr kuni, AQShning Florida shtatidagi Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi. AJning suratlari ijtimoiy tarmoqdagi X akkauntida e’lon qilindi.

«Ertangi kun bo‘lmaydi. 19 dekabr, faqat Netflixda», — deya izohlagan sportchi suratlarga.
Entoni Joshua hozirda 36 yoshda. Professional darajada britaniyalik bokschi 2013 yildan boshlab faoliyat yuritadi. Uning rekordida 28 g‘alaba mavjud bo‘lib, shulardan 25 tasi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan, shuningdek, to‘rtta mag‘lubiyat qayd etilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist