locale OZ

Jeyk Polning navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyk Polning navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi
FОТО: Getty Images

Mashhur bloger va bokschi Jeyk Pol navbatdagi janggini qachon va kimga qarshi o'tkazishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda The Ring nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Pol shu yilning yozida meksikalik bokschi Xulio Sezar Chaves qarshi ringga ko'tariladi.

Ma'lumot uchun, Jeyk Pol faoliyati davomida 12 ta jangda ishtirok etib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda esa mag'lubiyatga uchragan.

Chaves esa faoliyati davomida 61 ta jangda qatnashib, 54 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan. Ta'kidlash joiz, Pol hozirda 28 yoshda, uning raqibi esa 39 yoshda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting