Jeyk Pol MMA'da Usik bilan jang qilmoqchi
29 yoshli bokschi Joshua bilan qaytib jang qilmasligini aytdi.
FOTO: Getty Images
29 yoshli taniqli amerikalik bokschi va bloger Jeyk Pol o‘zining bo‘lajak raqiblari ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining YouTube-kanalidagi videolavhada aytib o‘tdi.
«Entoni Joshua bilan yana jang qilaman deb o‘ylamayman — vazn toifamda qolish men uchun muhim. MMA'da ham o‘zimni sinab ko‘rish ehtimolini inkor etmayman. Hozirda Netflix platformasida boks shoularini faol targ‘ib qilmoqdamiz. Potensial raqiblarim qatorida MMA qoidalari bo‘yicha Usik, Frensis Ngannu, Rayan Garsiya yoki Tommi Fyuri kabi nomlar bor», — dedi Jeyk Pol.
Ta’kidlash joizki, amerikalik sportchining professional boks rekordida 12 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etilgan. Pol professional boksdagi faoliyatini 2020 yil yanvar oyida boshlagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist