locale OZ

Jeyk Pol kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Amerikalik bokschi WBA reytingida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyk Pol kelajakdagi rejalari haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

WBA reytingida superog‘ir vazn toifasida 14-o‘rinda borayotgan amerikalik bokschi Jeyk Pol hayotidagi keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bir oz tanaffus olib, Olimpiya o‘yinlarida qiz do‘stim Yutta Lerdamni qo‘llab-quvvatlamoqchiman. Shundan so‘ng u Puerto-Rikoga, bu yerga — AQShga ko‘chib keladi. Balki birga snoubord ucharmiz. Rostini aytsam, men bolali bo‘lishga ham tayyorman. Bolalarga bo‘lgan ishtiyoqim juda kuchli, men ularni juda xohlayman», — deya Jeyk Polning so‘zlarini keltiradi Bloody Elbow nashri.

Jeyk Pol 28 yoshda. Amerikalik sportchining professional boksdagi faoliyati davomida 12 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etilgan. U professional ringdagi debyutini 2020 yil yanvar oyida amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting