locale OZ

Jeyk Pol Joshuani nokautga uchratib, Tayson Fyuri bilan jang qilishga vaʼda berdi

Joshua va Pol oʻrtasidagi jang 20 dekabr kuni Mayamida boʻlib oʻtadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeyk Pol Joshuani nokautga uchratib, Tayson Fyuri bilan jang qilishga vaʼda berdi
FOTO: Getty Images

Amerikalik videobloger Jeyk Pol super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan bo‘ladigan jang haqida o‘z fikrini bildirdi. Ularning jangi 20 dekabr kuni Mayami (AQSh) shahrida o‘tkaziladi.

«Bu boks tarixidagi eng katta «upset» bo‘ladi», — deb yozdi Jeyk Pol o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

«Bu yigitni nokaut qilaman, keyingi yili esa bizda Tayson Fyuri bilan jang bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Pol matbuot anjumanida.

Jeyk Pol hozirda 28 yoshda. U professional boksda 2020 yilda debyut qilgan. Uning hisobida 12 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.

Iyunda bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Pol o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni (72,6 kg) meksikalik Xulio Sezar Chaves-Junior ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting