Jeyk Pol endi Fransis Ngannu bilan jang qilmoqchi
Amerikalik bokschi va internet yulduzi Jeyk Pol Entoni Joshuaga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng sobiq UFC chempioni Fransis Ngannuga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
«Hammaga aytdim — men Fransisdan yaxshiroq bo‘laman. Fransisda, go‘yo, xarakter yo‘q. U juda yumshoq… Men u bilan jang qilaman. O‘ylaymanki, endi u ehtimol bu chaqiruvni qabul qiladi», — dedi Jeyk Pol IMPAULSIVE YouTube-kanali uchun e’lon qilingan videoda.
Eslatib o‘tamiz, 20 dekabr kuni Jeyk Pol Entoni Joshuaga qarshi bahsda oltinchi raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Ngannuning Joshuaga qarshi jangi esa 2024 yil 9 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan va britaniyalik bokschining ikkinchi raunddagi nokautli g‘alabasi bilan yakunlangan.
Birinchi raundda Joshua Fransis Nganuni ilk bor nokdaunga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi raundda bu holat yana takrorlangan va shundan so‘ng jang to‘xtatilgan edi.