locale OZ

Jervonta Devis qidiruvga berildi

Mashhur bokschi sinov muddati shartlarini buzganlikda gumon qilinmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jervonta Devis qidiruvga berildi
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida uch karra jahon chempioni, 31 yoshli amerikalik professional bokschi Jervonta Devis sinov muddati shartlarini buzganlikda gumon qilinib, rasman qidiruvga berildi. Bu haqda TM3 nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Merilend shtati sudi 24-aprel kuni bokschini hibsga olish toʻgʻrisida orderni imzolagan. Bunga Devisning 2020-yilda Baltimorda sodir etgan YTH (piyodalarni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketganlik) ishi boʻyicha belgilangan sinov muddati talablarini buzgani sabab boʻlgan.

Sud ushbu orderni ilk bor 2026-yilning fevral oyida, “Tank” Mayamida ogʻir jinoyatlar (hujum qilish, qonunsiz ozodlikdan mahrum qilish va odam oʻgʻirlashga urinish) sodir etganlikda ayblanib, hibsga olinganidan soʻng chiqargan edi.

O‘shanda Devisning advokatlari uning huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilayotganini roʻkach qilib, orderni bekor qilishga erishishgandi. Biroq endilikda hujjat rasmiy kuchga kirdi va Devis qidiruvga berildi.

Maʼlumot uchun, Jervonta Devis professional boksda 31 ta jang oʻtkazib, 30 ta gʻalaba va 1 ta durang qayd etgan. Janglarining 28 tasida raqiblarini muddatidan avval magʻlub etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting