locale OZ

JCH. To‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

O‘zbekistonlik bokschilar musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH. To‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga yo‘llanma oldi
Фото: Olympic.uz

Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimizning muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda.

Feruza Kazakova -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda braziliyalik Karoline De Almeidani 5:0 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi.

-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Sitora Turdibekova italiyalik Rebekka Nikoliga hech qanday imkon qoldirmadi. 5:0.

Mirazizbek Mirzahalilov -55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, eronlik Mehdi Kazemini qiynchiliksiz mag‘lub etdi.

-80 kg vaznda Javohir Ummataliev Janubiy koreyalik Kim Minseongdan 5:0 hisobida ustun keldi.

Avvalroq bugun 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergandik.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting