Liverpul-2005. Bugun 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi
Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida bugun oltinchi kun janglari o‘tkaziladi. Nimchorak final va chorak final bosqichi doirasida 9 nafar yurtdoshimiz o‘z janglarini o‘tkazadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Feruza Kazakova - Karoline De Almeida (Braziliya) A ring. 16:30
-60 kg: Sitora Turdibekova - Rebekka Nikoli (Italiya) A ring. 17:30
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Mehdi Kazemiy (Eron) B ring. 18:30
-80 kg: Javohir Ummataliev - Kim Minseong (Janubiy Koreya) A ring. 19:15
-48 kg: Sabina Boboqulova - Anjelika Kristoforska (Polsha) A ring. 22:30
-70 kg: Aziza Zokirova - Leonie Mueller (Germaniya) A ring. 23:15
-50 kg: Shodiyorjon Meliquziev - Omer Izaz (Avstraliya) B ring. 23:45
-65 kg: Asadxuja Mo‘ydinxujaev - Ismoil Umar (Finlyandiya) B ring. 01:15
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Lachlan Lawson (Avstraliya) B ring. 01:30
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi.