locale OZ

Jaron Ennis yangi vaznda debyut qiladi — birinchi o‘rta vazndagi jang avgustda

Chempionlik kamarini Shahram G‘iyosovga “qoldirgan” Ennis Vergil Ortiz va Fundoraga qarshi jang qilishga tayyor
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Yarim o‘rta vazn chempioni Jaron Ennis professional faoliyatidagi yangi bosqichni boshlashga tayyorlanmoqda. Amerikalik 27 yoshli bokschi yarim o‘rta vazndagi chempionlik kamarini vakant holatda qoldirib, birinchi o‘rta vazn toifasiga o‘tishini e’lon qilgan edi.

Ennisning promouteri Eddie Hearn’ga ko‘ra, u yangi vazndagi debyut jangini avgust yoki sentabr oyida o‘tkazadi:

“U birinchi o‘rta vaznni dahshatga soladi. Yirik jismoniy tuzilishi va tabiiy vazni unga bu vaznda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishga yordam beradi. Ennis nafaqat birinchi o‘rta vaznda, balki bir yil ichida o‘rta vaznda ham yetakchiga aylanishi mumkin”, — dedi Hearn.

Promouterga ko‘ra, Jaron Ennis Vergil Ortiz, Bahram Murtazaliev, Sebastian Fundora va boshqa yetakchilarga qarshi jang qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ennisning yarim o‘rta vaznni tark etishi natijasida ushbu toifadagi vakant chempionlik kamari uchun Shahram G‘iyosov jang olib borishi kutilmoqda. Shuningdek, yangi vaznda Ennisga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan bokschilardan biri — o‘zbekistonlik Israil Madrimov ham ushbu toifada faoliyat yuritmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting