locale OZ

Jaron Ennis unvonlardan voz kechdi – Shahram G‘iyosov uchun chempionlik jangi yaqinmi?

Yo‘l ochiq! Ennis ketdi — Shahramning fursat soati yetdi!
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida IBF va WBA kamarlariga egalik qilib kelgan Jaron Ennis unvonlarini vakant deb e'lon qildi. 27 yoshli amerikalik jangchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali rasmiy ma'lum qildi. Ennis faoliyatini super yarim o‘rta vazn toifasida davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, Ennisning WBA chempionlik kamari uchun majburiy da'vogar sifatida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov qayd etilgan edi. Bu vazn toifasidagi kamar endi bo‘shab, G‘iyosovning chempionlik jangi o‘tkazish imkoni ancha ortadi.

Ayni paytda super yarim o‘rta vazn toifasida Isroil Madrimov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting