Jalolov — Usik uchun haqiqiy xavfmi?
Sobiq WBC chempioni Grigoriy Drozd hamyurtimiz Bahodir Jalolov haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Rossiyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov superog‘ir vaznda jahon chempioni Aleksandr Usik uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin.
“Bahodir rostdan ham Usik uchun jiddiy raqobatchiga aylanadi. U havaskor boksni ortda qoldirib, to‘liq professional ringga o‘tganini ko‘rib turibmiz. Uning kelajagi bor. Ammo menimcha, ularning jangi amalga oshmaydi. Chunki Usik bugungi kunda Jake Paul kabi shou-biznes tarzidagi raqiblar bilan jang qilishni rejalashtirmoqda. Ehtimol, u endi faqat katta pul topishni maqsad qilgan”, — dedi Grigoriy Drozd.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik joriy yil 20 iyul kuni Londonda o‘tkazilgan prof boks kechasida ishtirok etdi va britaniyalik Daniel Dyuboa'ni nokautga uchratgandi.