locale OZ

Jalolov Britaniya yulduziga qarshi ringga chiqadimi?

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Boxingnews24 nashri muallifi Bahodir Jalolovni britaniyalik mashhur bokschi Mozes Itauma uchun munosib raqib sifatida tilga oldi. 19 iyul kuni ringga qaytishi kutilayotgan Itaumaning raqibi yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

Boxingnews24.com sayti jurnalisti Deniel Makglinchi mag'lubiyatsiz superog'ir vazn toifasidagi Mozes Itauma (20–0, 10 KO) faoliyati haqida fikr bildirib, uning darajasini aniqlash uchun kuchli raqiblar bilan jang qilish zarurligini ta'kidladi. Uningcha, o'zbekistonlik Bahodir Jalolov (15–0, 14 KO) aynan shunday raqiblardan biri hisoblanadi.

«Ideal holatda Mozesni yuqori darajadagi raqiblarga qarshi chiqarish kerak. Ana o'shanda u haqiqatan ham “999 probali oltin” ekanini isbotlaydi. Agar unda kamchiliklar aniqlansa, demak, u qalbaki — va bundaylarni ko'chaga tashlash mumkin», — deb yozadi Makglinchi.

Muallif Itaumaga ehtimoliy raqiblar sifatida quyidagi nomlarni keltiradi:
• Jozef Parker
• Richard Torres-kichik
• Bahodir Jalolov
• Daynier Pero
• Filip Hrgovich
• Martin Bakole
• Chjan Chjiley
• Efe Adjagba
• Endi Ruiz
• Jared Anderson

Itaumaning jamoasi hozircha aniq raqib nomi bo'yicha ma'lumot bermagan. Biroq 19 yoshli bokschining navbatdagi jangini sabrsizlik bilan kutuvchilar soni ortib bormoqda, ayniqsa, u duelda Jalolov kabi mag'lubiyatsiz raqibga qarshi ringga chiqsa.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting