Jahongir Zokirov AQSHda, uning jang sanasi va raqibi ma’lum
Og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazish uchun AQSHga yetib bordi.
photo: boks Uzbekistan
Jahongir Zokirov AQSHda, uning jang sanasi va raqibi ma’lum.
Og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazish uchun AQSHga yetib bordi.
Xabaringiz bor, Zokirov Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing bilan shartnoma imzolagan edi.
Bokschimizning bizga ma’lum qilishicha, u mazkur promoushendagi birinchi jangini 28 iyun kuni o‘tkazadigan bo‘ldi. Zokirov amerikalik Zachariy Spillerga qarshi ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Spiller professional boksda 5 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alabaga erishgan. G‘alabalarining 4 tasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan.
Jahongir esa profi ringda bitta jang o‘tkazgan va nokaut bilan g‘alaba qozongan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor