Jahon chempionati. Miraziz Mirzahalilovdan kumush medal!
PHOTO: Google
Xabaringiz bor shu kunlarda Braziliya davlatida boks bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tmoqda. Ushu turnirda O’zbekiston boks terma jamoasi a’zolari ham to’liq tarkib bilan munosib qatnashmoqda.
Finalgacha yetib kelgan hamyurtlarimizdan Miraziz Mirzahalilov hozirgina o'z chiqishini yakunladi. -55 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan charm qo'lqop ustasi turnirni kumush medali bilan yakunlaydigan bo'ldi. Bokschimiz finalda qozog'istonlik raqibi Nursultan Altinbekga hakamlarning qarori bilan kichik 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Turnirning hal qiluvchi janglari davom etadi. Tafsilotlarni sports24.uz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor