locale OZ

Ivan Dichko Usik - Dyubua jangi g'olibini taxmin qildi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ivan Dichko Usik-Dyubua jangi g'olibini taxmin qildi
FOTO: Getty Images

Olimpiya o'yinlarining ikki karra bronza medali sohibi (2012, 2016), uch karra Jahon chempionati sovrindori (2011, 2013, 2015), superog'ir vazn toifasida qozog'istonlik bokschi Ivan Dichko Sports24.kz nashriga eksklyuziv intervyu berdi.

Dichko suhbat chog'ida Aleksandr Usik va Daniel Dyubua o'rtasidagi bo'lajak revansh jangi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“To'g'risini aytsam, boksda unchalik ko'p narsani tushunmasligimni angladim. Chunki men nimanidir bashorat qilsam, hammasi doim teskari bo'lib chiqadi. Bu, ayniqsa, Aleksandr Usikning janglariga tegishli.

U Murat Gassiyev bilan jang qolganida, Gassiyev g'alaba qozonishga ishonchim komil edi. Lekin Usik g'alaba qozondi. Keyin Tayson Fyuriga qarshi jangda ham Fyurini imkoniyatlarini yuqori baholagan edim, biroq unda ham Usik kuchliroq bo'lib chiqdi.

Hozirda Dyubua faoliyatining cho'qqisida turibdi. Va agar men bashorat qiladigan bo'lsam, o'zimning “noto'g'ri” intuitsiyamga asoslanib, Dyubuaning g'alabasini taxmin qilaman. Ammo, odatda, hammasi qanday bo'lishini bilgan holda, Usik g'alaba qozonadi deb o'ylayman. U ringga aqlliroq va intelektualroq”, - deydi Dichko.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik va Daniel Dyubua o'rtasidagi ilk jang 2023-yilning avgust oyida Polshada bo'lib o'tgan va unda ukrainalik bokschi 9-raundda texnik nokaut bilan g'alabaga erishgan.

Revansh jangi esa 2025-yilning 19-iyul sanasiga belgilangan va Londondagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting