Isroil Madrimov The Ring reytingida kuchli to‘rtlikka kirdi
O‘zbekistonlik bokschi dunyodagi eng nufuzli reytingda yuqori o‘rinni egalladi
Rasm: Olympic.uz
Professional boks olamidagi eng mashhur nashrlardan biri — The Ring jurnali super yarim o‘rta vazn (154 funt) toifasida yangilangan reytingni e'lon qildi.
Unga ko‘ra, WBA kamarining amaldagi egasi Terence Crawford reytingning birinchi pog‘onasini egallab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Vergil Ortiz va Sebastian Fundora joy olgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov kuchli to‘rtlikni yakunladi.
Yangilangan The Ring reytingi quyidagicha:
1. Terence Crawford
2. Vergil Ortiz
3. Sebastian Fundora
4. Isroil Madrimov
5. Bahram Murtazaliev
6. Sergey Bogachuk
7. Erickson Lubin
8. Xander Zayas
9. Jesus Ramos
10. Yoenis Telles
Madrimovning ushbu natijasi uning jahon boks olamida tobora mustahkamlanib borayotgan o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bakradze Iman
Redaktor