locale OZ

Irlandiyalik bokschi saraton kasalligidan vafot etdi

U endigina 25 yoshda edi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Irlandiyalik bokschi saraton kasalligidan vafot etdi
FOTO: Getty Images

Irlandiyalik professional bokschi Jorjiya O'Konner 25 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 2024-yilning oktyabr oyida O'Konner saratonning “kamdan-kam uchraydigan va davolab bo'lmaydigan” shakli tashxisi qo'yilgan. Sportcha oila qurganidan ikki hafta o'tib vafot etdi.

Ma'lumot uchun, Jorjiya O'Konner havaskorlar bo'yicha Hamdo'stlik chempioni va 2017-yilgi yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati kumush medali sovrindori bo'lgan. 2018-yilda u bronza medali sohibi bo'lgan.

2021-yilda esa professional boksda debyut qilgan va uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting