Inouening navbatdagi raqibi ma’lum
Yaponiyalik bokschi Saudiya Arabistonida ringga ko‘tariladi.
ФОТО: Getty images
Mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue navbatdagi jangini 27 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazadi. Bu haqda The Ring nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, uning raqibi meksikalik 25 yoshli bokschi Alan Pikasso bo‘ladi. U ham Naoya kabi faoliyati davomida biror marta ham yutqazmagan. 30 ta jangda g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Inoue avvalgi jangini o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandi.
