Inoue – Ahmadaliev jangi: chiptalar 2 soatda sotildi
Nagoyadagi 17 ming o‘rinli arenani to‘ldirish muammo bo‘lmadi
Rasm: Gazeta.uz
14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan yangi IG Arena majmuasida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Markaziy to‘qnashuvda ikkinchi eng yengil vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev ringga chiqadi.
Xorijiy manbalarga ko‘ra, jang uchun chiqarilgan barcha chiptalar atigi ikki soat ichida sotilib bo‘lgan. IG Arena 17 ming muxlisga mo‘ljallangan bo‘lib, qiziqish juda yuqori bo‘ldi.
Eng arzon chiptalar 85 dollardan, eng qimmatlari esa 1 692 dollardan sotildi.
Bakradze Iman
Redaktor