locale OZ

Iman Xelif nega Eindhoven turnirida qatnashmaydi?

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iman Xelif nega Eindhoven turnirida qatnashmaydi?
Rasm: gettyimages.com

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Iman Xelif kecha Niderlandiyaning Eindhoven shahrida start olgan "Eindhoven Box Cup" turnirida ishtirok etishi kutilgan edi. Biroq musobaqa tashkilotchilari uning ringga chiqmasligini rasmiy tarzda e'lon qilishdi.

Turnirning rasmiy vakili Dirk Render AFP agentligiga bergan ma'lumotida Xelifning ishtirokidan voz kechish sababini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jazoirlik bokschi gender testidan o‘ta olmagani uchun musobaqaga qo‘yilmagan.

Ma’lumki, bir necha vaqt avval World Boxing tashkiloti xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilar uchun gender testini majburiy etib belgilagan edi.

26 yoshli Iman Xelif uchun bu turnirda qatnashish muhim ahamiyatga ega edi, ammo qo‘yilgan talablar sababli u ringdan tashqarida qoldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting